2018 yilda mo`jazgina oshxonada oddiy qiziqish va yuksak ishonch bilan boshlangan harakatlar – o`z mevasini berdi. Asoschi tomonidan tinim bilmay qilingan mehnatlar samarasini xodimlar soni 100 nafardan ortganligi, samimiy 100 000 ziyod mijozlar tanlovi, shuningdek filiallar soni yildan yilga o`sishida aks ettiradi.
Mana yillar o’tibdiki oilaviy qadriyatlarga amal qilgan holda, taomlarni tayyorlash mahoratimizni rivojlantirib bormoqdamiz. Avvaliga 1 gina maxsulotdan boshlangan bo`lsa – hozirda keng tanlovli assortimentga ega bo`lingan. Barcha uchun qaygʻurib betakror muhitni yaratmoqdamiz.
7 yoshdan - 70 yoshgacha har qanday mehmonlarimizga samimiy munosabat bildirgan holda, taomlarimiz eng yuqori sifatdagi tabiiy maxsulotlardan va standartlar asosida tayyorlanishini kafolatlaymiz.